Osiyo Kubogi. Koreya Respublikasi – Yaponiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqarib boradi

Omonjon To`xtamirzayev
20 apr 2024
Anatoliy Rubakov Osiyo kubogining 2 turiga tayinlov oldi.

Xabaringiz bor, Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha Osiyo kubogi 1-turida hakamlarimiz 2 uchrashuvni boshqargan edi.

Musobaqa 2-turi rasmiylari e'lon qilindi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Anatoliy Rubakov “C” guruhidan o'rin olgan Koreya Respublikasi – Yaponiya uchrashuvida ikkinchi hakam vazifasini bajaradi.

Vakilimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Futsal Uzbekistan