Anatoliy Rubakov OFK elit hakamlari qatoriga kirishga davogar

Tolibjon Qosimov
28 iyun 2016
O'zbekistonlik FIFA hakami Anatoliy Rubakov ortda qolgan mavsumda "Do'stlik-AIN" - "Olmaliq" (yarim final) va "Ardus" - "Olmaliq" (final) o'yinlarida OFK instruktorlari tomonidan yaxshi baholandi.

Rubakov OFKning elit hakamlari qatoriga kirish uchun so'nggi bosqichdan o'tishi kerak. 6-9 avgust kunlari Malayziyada bo'lib o'tadigan oxirgi bosqichga taklif etildi.

Agar futzal hakamimiz ana shu bochqichdan muvaffaqiyatli o'tsa, OFK va FIFA tasarrufidagi o'yinlarni boshqarishi mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz