

Bugun Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan milliy terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Ar-Riyod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi qur'ada 1-savatchadan o'rin olgan. Musobaqa 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar bo'lib o'tadi. Unda 24 ta terma jamoa 6 guruhga bo'lingan holda qita chempionligi uchun kurash olib boradi.




