

Ushbu nufuzli musobaqa 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Qur'a tashlash jarayonida jami 24 ta terma jamoa 4 ta jamoadan iborat 6 ta guruhga taqsimlanadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi yuqori natijalari evaziga eng kuchli jamoalar qatorida 1-savatdan joy olgan va o'z guruhida "yetakchi" maqomida bo'ladi.
1-savat: Saudiya Arabistoni (mezbon), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, O'zbekiston
2-savat: Qatar, Iroq, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Suriya
3-savat: Bahrayn, Tailand, Xitoy, Falastin, Vetnam, Tojikiston
4-savat: Qirg'iziston, Shimoliy Koreya, Indoneziya, Quvayt, Singapur, shuningdek, uchinchi saralash bosqichining "B" guruhi g'olibi (4 iyun kuni o'tadigan Livan – Yaman uchrashuvi g'olibi)
Tadbirda Osiyo futbolining yorqin yulduzlari – yaponiyalik afsona Xidetoshi Nakata hamda saudiyalik Salem Al Dovsari qur'a jarayonida yordamchi sifatida ishtirok etmoqda. Tez orada O'zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi raqiblari nomi rasman ma'lum bo'ladi.
"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon, Falastin
"B" guruhi: O'zbekiston, Bahrayn, Shimoliy Koreya (KXDR), Iordaniya
"C" guruhi: Eron, Suriya, Qirg'iziston, Xitoy
"D" guruhi: Avstraliya, Tojikiston, Iroq, Singapur
"E" guruhi: Janubiy Koreya, BAA, Vetnam, Livan / Yaman (saralash g'olibi)
"F" guruhi: Yaponiya, Qatar, Tailand, Indoneziya



