Shimoliy makedoniyalik murabbiy Tojikiston MTJga tayinlandi

Sherzod Nurmatov
30 apr 2026, 17:11
49 yoshli mutaxassis Igor Angelovskiy Tojikiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyiga aylandi.

U jamoani Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorlaydi.

Angelovskiy ilgari Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga murabbiylik qilgan va ularni 2020 yilda ilk bor Yevropa chempionatiga olib chiqqandi.

Angelovskiy klub darajasida "Rabotnichki"da faoliyat yuritib, 2013/14 yilgi mavsum Shimoliy Makedoniya chempionligiga erishgan, shuningdek, Shimoliy Makedoniya Kubogini 2 marta (2013/14 va 2014/15) qo'lga kiritgan.

Bundan tashqari, mutaxassis "Gorica" (Xorvatiya), "Kaspiy" (Qozog'iston) va "Etnikos Axnas" (Kipr) jamoalarida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Тожикистон футбол федерацияси