Osiyo Kubogi-2019. Qirg'iziston terma jamoasida yo'qotish

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2019
Qirg'iziston terma jamoasi asosiy himoyachisi Viktor Mayer Osiyo Kubogiga bora olmaydigan bo'ldi.

Germaniyaning “Videnbryuk” klubi a'zosi jarohati bois BAAdagi musobaqada ishtirok eta olmaydi. Uning o'rnini "Dordoy" a'zosi Pavel Sidorenko egallaydi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi reglamentiga ko'ra, jamoa ishtirokidagi birinchi o'yinga 6 soat qolguniga qadar jarohat olgan futbolchini boshqa o'yinchi bilan almashtirish mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/_FFKR