O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-18 terma jamoasi Vengriya U-18 bilan durang o'ynadi

Iskandarov Abdulaziz
6 sen 2022
Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi bugun Vengriya U-18 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida vengriyalik futbolchilar hisobni ochishdi, 1:0. Gol muallifi Milan Klauz. 

32-daqiqada burchakdan amalga oshirilgan kombinaciyani Nurlan Ibarimov golga aylantirdi. Unga Narimonjon Ahmadjonov pas berdi, 1:1

36-daqiqada Ravshan Xayrullaev chamasi 30 metrlardan Vengriya darvozasiga super gol urdi, 1:2

45-daqiqada raqib futbolchisi Milan Klauz hisobni tenglashtirdi, 2:2


O'rtoqlik uchrashuvi. 

VENGRIYA  U-18  - O'ZBEKISTON U-18  2:2 (TUGADI)

Vengriya. "Chakvar" stadioni. 

Hakamlar: Bence Chonka, Gabor Kovach, Peter Gal, Andras Bence

Gollar: Milan Klauz, 3, 45 -  Nurlan Ibraimov (Narimonjon Ahmadjonov) 32, 1:1, Ravshan Xayrullaev 36

Vengriya U-18: 1. Mark Getvan, 2. Songor Kokovai, 3. Gegeliy Kocsis, 7. Kevin Korodi, 10. Milan Klauz, 11. Doman Gagayor, 15. Laslo Vingler, 16. Cabolcs Dusinzski, 17. Sombor Boros, 19. Erik Berenyi

O'zbekiston U-18: 21. Samandar Muratbaev, 23. Abubakr Rejabboev (Abdulloh Omonaliev, 46), 19. Nurlan Ibraimov (Iskandar Soliev, 75)  18. Narimonjon Ahmadjonov, 17. Zayniddin Hamraboev (Abdug'afur Haydarov, 46), 13. Ro'zimboy Fayzullaev, 11. Murod Komilov, 9. Saidumar Saidnurullaev, 7. Abduazim Ortiqov ( Alisher Mo'minov, 62), 5. Muhammadali Zohidov ( Meyirbek Tejabaliev, 86), 6. Ravshan Xayrullaev.

Zaxira: Umar Rustamov, Shahzod Imamov, 

Ogohlantirish: Murod Komilov 64




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia