Omadsizlar reytingi: APLdan tushib ketishga asosiy davogarlar

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025
Opta superkompyuteriga ko'ra, "Vulverxempton" - Chempionshipga yo'l olishga asosiy nomzod.

"Bo'rilar"ning elit diviziondan chiqib ketish ehtimoli nihoyatda yuqori - 98,14%. "Vulvz" APLning 14 o'yinida atigi 2 ochko to'pladi va turnir jadvalida 20-o'rinda. Ular etti o'yindan beri mag'lubiyatga uchramoqda.

"Byornli" 79,81% ko'rsatkich bilan ligadan tushib ketishga davogar ikkinchi jamoa. "To'q qizillar" 10 ochko bilan ikkinchi 19-pog'onada ketmoqda.

"Vest Xem" 42,75% natija bilan uchinchi davogar (18-o'rin, 13 ochko). "Lids" (40,84%) va "Nottingem Forest" (21,68%) ham xavf ostida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta