Olim Arifov JCH-2018dan o'rin olgan Daniya – Avstraliya o'yinida komissar sifatida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2018, 16:47
Avvalroq, FIFA tashkiloti JCH-2018da ishlashga O'zbekistondan O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifovni taklif qilgani haqida xabar berib o'tgandik.

Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o'zbekistonlik mutaxassis mundial o'yinlarida komissar sifatida ishlamoqda. Bungacha Olim Arifov JCH-2018 E guruhidan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya uchrashuvida komissarlik qilgandi.

Endilikda u FIFAdan “S” guruhidan o'rin olgan Daniya – Avstraliya o'yiniga tayinlov oldi.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ldi.

Daniya – Avstraliya uchrashuvi 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com