OK-2023. 3-turning eng yaxshi darvozaboni - Alirizo Beyranvand

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2024
Kecha, 25 yanvar kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2023da 3-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 3-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni e'lon qilishda davom etamiz.




Saytimiz ijodkorlari tomonidan Eron terma jamoasi posboni Alirizo Beyranvand uchinchi turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. "Persepolis"ning 31 yoshli posboni BAA bilan bahsda 4 marta o'z jamoasini gollardan qutqardi. Bundan tashqari 64-daqiqada hisob 1:0 bo'lib turgan paytda Alirizo penaltidan tepilgan to'pni qaytarishga erishdi. Eronning g'alabasida muhim rol o'ynagan Beyranvand turning eng yaxshi darvozaboni deb tan olindi.


Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia