Eron terma jamoasi qaydnomasi yana 7 nafar futbolchi bilan to'ldirildi. Ular orasida Alirizo Beyranvand, Ruzbeh Cheshmi bor

Sherzod Nurmatov
17 mar 2025, 13:24
Bosh murabbiy Amir G'alenoi 21 kishilik tarkibga bir qator tajribali futbolchilarni qo'shib qo'ydi.

Murabbiylar shtabi tarkibga quyidagi futbolchilarni ham jalb etishga qaror qildi:

Darvozabonlar: Alirizo Beyranvand ("Traktor"), Sayid Hussayn Hussayni ("Istiqlol);

Himoyachilar: Shoja Halilzoda ("Traktor"), Solih Hardani ("Istiqlol"), Ruzbeh Cheshmi ("Istiqlol");

Yarim himoyachi: Amir Muhammad Razag'niya ("Gol Gohar Sirjan";

Hujumchi: Amir Hussayn Hussaynzoda ("Traktor").

Avvalroq O'zbekiston va BAAga qarshi o'yinlar uchun terma jamoadan quyidagi futbolchilar chaqiruv olgan edi:

Darvozabonlar - Payam Niyazmand, Muhammad Halife.

Himoyachilar - Milad Muhammadi, Omid Nurafkan, Ali Nemati, Daniyal Iri, Hussayn Kanoni, Amin Hazbavi, Arya Yusufi.

Yarim himoyachilar - Muhammad Mohebbi, Mehdi Gaedi, Saman Goddos, Said Izzatullohi, Muhammad Gorbani, Sayid Muhammad Karimi, Alirizo Jahonbahsh, Ali Golizoda.

Hujumchilar - Mehdi Taremi, Javad Hussaynejad,, Ali Alipur, Sardor Azmun.

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston bahsi 25 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida o'tkaziladi. JCH 3-saralash bosqichi doirasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: teammelli.com