OFKning 4 mamlakati Saudiya Arabistoni bilan JCH-2034 mezbonligi uchun kurashmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
11 okt 2023, 17:35
U-17 Jahon chempionati mezboni Indoneziya tashabbuskorlardan biri sanaladi.

2034 yilgi Jahon chempionati mezbonligi uchun Osiyo futbol konfederatsiyasining to'rt mamlakati - Indoneziya, Avstraliya, Malayziya va Singapur birgalikdagi nomzodini ilgari surishga tayyorligini ma'lum qildi.

"Hozir Avstraliya bilan muzokara olib boryapmiz", - dedi Indozeniya futbol assotsiatsiyasi yetakchisi Erik Tohir. 

- Malayziya va Singapurga tashrif buyurganimda, ikki mamlakat ham ushbu taklifga qo'shilish istagini bildirdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni 2034 yilgi mundial mezbonligini ilgari surgandi. FIFA Avstraliyaga esa o'z nomzodini qo'yish-qo'ymaslik borasida yakuniy javob uchun 30 oktyabrga qadar muddat belgilagandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia