O'FA tasdiqladi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
17 may 2024, 11:19
Osiyo vice-chempioniga aylangan Timur Kapadze shogirdlari Parij Olimpiadasi oldidan mashg'ulot uchrashuvi o'tkazadi.

Uchrashuv 18 iyul kuni Fransiyaning Nicca shahrida bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'zbekiston – Yangi Zelandiya 

18 iyul

Nicca | Fransiya



Avvalroq O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Okeaniya vakiliga qarshi maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha Olimpiada bahslari 24 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadi. O'zbekiston terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi termalari bilan bahs olib boradi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston – Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати