O'FA prezidenti Bahodir Qurbonov JCH saralashining muhim uchrashuvlaridan oldin milliy jamoa bilan uchrashdi

Administrator
19 mar 2025
Jahon chempionati uchinchi saralash bosqichi muhim o'yinlari oldidan O'FA prezidenti Bahodir Qurbonov milliy jamoa bilan uchrashib omad tiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi doirasida 20 mart kuni Qirg'iz Respublikasi, 25 mart kuni Eron bilan o'ynaydi. Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Bahodir Qurbonov mas'uliyatli o'yinlar oldidan milliy terma jamoa a'zolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo'lmish Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to'xtaldi. Bosh murabbiy Timur Kapadzening rejalari tinglandi.

Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchilar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O'FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishini ma'lum qildi. O'z o'rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Bahodir Nizomovich bo'lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати