"Nyukasl" Elanga uchun 45 million funt taklif qildi, ammo

Administrator
24 iyun 2025, 21:50
"Nyukasl" Entoni Elangani o'z safiga qo'shishga urinib ko'rdi.

The Athletic xabariga ko'ra, bugun "Nyukasl" klubi 23 yoshli vinger Entoni Elanga uchun "Nottingem Forest"ga taxminan 45 million funt taklif qilgan.

"Nottingem" esa futbolchini sotishdan bosh tortgan, ammo aynan qaysi shartlar ularni qoniqtirishini ham aytmagan. "Nottingem" har qanaqasiga ham Elangani qo'ldan chiqarish niyatida emas.

"Nyukasl" hozirda shvetsiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun urinishlarni davom ettirish yoki boshqa maqsadlarga e'tibor qaratish kerakligi haqida o'ylamoqda. Shuningdek, ularda "Bornmut"dagi Entuan Semeno va "Vest Hem" o'yinchisi Muhammad Kudus ham qiziqish uyg'otmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Тhе Athletic