

"Manchester Siti" futbolchining transferi bo'yicha faol ish olib bormoqda. "Shaharliklar" allaqachon "Nyukasl"ga 56,2 million funt sterling miqdorida taklif kiritgan. Ammo, "Bavariya" klubning nufuzi Livramentoni ishontirishga yordam berishiga ishonadi.
Umuman olganda, Tino Livramento "Nyukasl" safida 106 ta o'yin o'tkazgan. Unda himoyachi bitta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.



