"Bavariya" "Nyukasl" futbolchisi bilan muzokaralar o'tkazdi

8 may 2026, 00:44
"Bavariya" "Nyukasl" bilan Entoni Gordon borasida muzokaralar o'tkazdi.

Florian Plettenbergning ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl" avvaliga yarim himoyachisi uchun 90 million evro talab qilgan. Chunki klub boshqa xaridorlar - "Barselona", "Arsenal" va "Liverpul"ga ham shuncha summa aytgan.

"Bavariya" esa buncha mablag' to'lay olmasligini bildirgan. "Nyukasl" boshqa xaridorlar bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda. Futbolchining transfer summasi 75-80 million evro atrofida bo'lishi mumkin.


Manba: x.com/Plettigoal