

“Nottingem Forest” esa Londonda o'z ishini juda toza bajardi: ortiqcha shou yo'q, behuda tavakkal yo'q - kompakt himoya, tezkor chiqishlar va raqib xatosiga shafqatsiz zarba.


Avoniyining dubli - bu oddiy gollar emas, bu hujumchining jarima maydonidagi hissi, vaqtni to'g'ri tanlashi va oxirgi zarbadagi sovuqqonligining namunasi. “Chelsi” himoyasi esa muhim pallalarda kechikib qoldi, poziciya yo'qotdi va raqibga nafas olish uchun emas, zarba berish uchun joy qoldirdi.
Eng og'riqli nuqta - “Chelsi”da mavjud bo'lgan o'yinni burib yuborish imkoniyati. Ammo Palmerning penaltini amalga oshira olmagani ruhiy zarba bo'ldi. Shu epizoddan keyin “Chelsi”da ishonch susaydi, “Forest”da esa ishtaha yanada ochildi.





📌 Muxim xulosa:
“Nottingem Forest” bu o'yinda yulduzlar bilan emas, intizom bilan yutdi. “Chelsi” esa nom, tarkib va potencialga ega, lekin hozircha buni maydonda ijobiy natijaga aylantira olmayapti.

Futbolda bazan ko'proq to'p ushlagan emas, kamroq xato qilgan yutadi. Bu o'yin shuning isboti bo'ldi.



