Nunes "Al Hilol"dan A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 may 2026, 13:15
"Al Hilol" hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish ehtimoli bor.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma'lumot berdi.

"So'nggi kunlarda vositachi Darvin Nunesni A Seriyaning ikkita klubiga taklif qildi. Nunesning "Al Hilol"dagi faoliyati yakunlangan ko'rinadi va u yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistonini tark etadi", – deb yozdi Skira.

26 yoshli urugvaylik ushbu mavsum 24 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Uning Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt Nunesni 25 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira