KONMEBOL rahbari Dominges JCH-2030da 64 ta jamoa ishtirok etishini xohlayapti

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2026, 22:46
KONMEBOL rahbari 2030 yilgi jahon chempionatini 64 ta jamoa ishtirokida o'tkazish mumkin deb hisoblaydi.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi prezidenti Alexandro Dominges JCH-2030 o'tkazilishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Keyingi jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo'lib o'tadi. Urugvay, Argentina va Paragvay turnirning ochilish o'yinlaridan birini qabul qiladi.

"Keyingi chempionat bizning uyda bo'lib o'tadi! 2030 yilda Urugvay, Argentina va Paragvay jahon chempionati o'yinlarini qabul qiladi.

Bu futbol uchun ajoyib imkoniyat – 64 ta terma jamoa ishtirokida turnir o'tkazib, jahon chempionatining yuz yilligini nishonlash", – deb yozdi Dominges.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 g'olibi finalda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etgan Ispaniya terma jamoasi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/agdws