

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, hozirda hujumchi klub bilan shartnomaning mayda tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Nunes o'tgan hafta "Al-Hilol"ga o'tishga rozilik bildirgan edi.
Xabarlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi "Liverpul"ga 53 million evro to'laydi, bonuslar bilan bu summa jami 65 million evrogacha etishi mumkin.
Darvin Nunes o'tgan mavsum "Liverpul" safida barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.



