Norvegiya termasi bosh murabbiyi: "Xoland bilan raqibdan bir kishi kam bo'lib o'ynayotgandek bo'ldik"

Mirjalol Normatov
18 iyun 2023
Norvegiya termasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Evro-2024 saralashida Shotlandiyaga qarshi o'yinda Erling Xolandning almashtirilishi haqida gapirdi.

Hujumchi bahsning 61-daqiqasida penaltidan gol urib, hisobni ochgandi. Biroq u 84-daqiqada almashtirildi va keyin termasi ham mag'lub bo'ldi.

"Erlingning o'zi almashtirishni so'radi. Uni kutilganidan 10-12 daqiqa ko'proq maydonda olib qoldik.

So'nggi daqiqalarda biz raqibdan bir kishi kam bo'lib qolgandek bo'ldik. U mutlaqo o'ynagani yo'q. Balki 30 gradusli issiq ham ta’sir qligandir. U shunchaki mavsumda charchadi", - dedi Solbakken.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal