

Uchrashuvdan so'ng Nodirbek Abdurazzoqov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuzimiz yorug' bo'ldi. Saudiya Arabistoni azaliy raqibimiz. Juda ham xursandmiz. G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz, kelganlarga rahmat. Birinchi taymda ko'proq gol urish uchun o'ynadik. Ikkinchi goldan keyin biroz bo'shashib qoldik. Bu o'zimizga ham bilindi. Ikkinchi taymda shuni o'ylab, gol urishimiz kerak deb chiqdik, shundan so'ng yana bo'shashish bo'ldi. Keyingi o'yinlarda bundan bo'lmaydi. Golni Islom To'xtaxo'jaevga bag'ishlayman. Uzlari biladilar sababini. O'zaro garov o'ynagan edik. Yaponiyaga qarshi o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz", -deydi Nodirbek Abdurazzoqov.



