Nima uchun Benin - Ekvatorial Gvineya uchrashuvi bo'lib o'tmaydi?

Narzulla Saydullayev
24 may 2016, 11:10
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya bilan o'ynashi haqida xabar chiqdi.

Ushbu jamoa 3 iyun kuni Afrika kubogi saralash bosqichi doirasida Beninga qarshi o'yin o'tkazishi lozim edi. Biroq FIFA yaqinda Mexikoda o'tgan kongress chog'ida Benin mamlakatini ma'lum muddatga barcha musobaqalardan chetlatdi. Yani Benin xuddi Quvayt singari ayni paytda FIFA a'zosi emas.

Shu bois 3 iyun kungi Benin - Ekvatorial Gvineya uchrashuvi bo'lib o'tmaydi va afrikaliklar Toshkentga asosiy tarkib futbolchilari bilan tashrif buyurishadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia