Nima? Saudiyaliklar Vinisius uchun "Real"ga 350 mln evro taklif qilishmoqchi!

Administrator
23 yanv 2025
Vinisius uchun fantastik summa to'lanishi mumkin.

Saudiya Arabistoni klublari Vinisius Juniorni qo'lga kiritish uchun o'ta jiddiy yurish qilishlari mumkin. Jurnalist Ben Djeykobsning ma'lum qilishicha, gap 350 mln evro haqida ketmoqda.

Jurnalistning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublari Vini Juniorni qo'lga kiritish uchun 350 mln evro to'lashmoqchi. Aynan qaysi klubligiga oydinlik kiritilmagan, ammo bu "Al Ahli" bo'lishi ehtimoli katta. 

Vini Juniorning shartnomasida bir milliard evro tovon puli bor. Saudiyaliklar esa 350 mln evro bilan ishni hal qilishmoqchi. Ularning rejasiga ko'ra, bu summa "Real Madrid" rad javobini berishi uchun juda kattalik qiladi.

Vinisiusning o'zi hali Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga rozilik bermagan, ammo manbaning qayd etishicha 2025 yilning yozida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin.


AdministratorMuallif
Manba: Market Madness