

"Nima ham derdim, menimcha, bu juda yomon ko'rinadi, yo'q, Liverpuldagi birinchi o'yinda va bugun shu yerda, "Old Trafford"da yuzaga kelgan vaziyatlarda 0:4 va 0:4 hisobida yutqazganingda. Biz birdam bo'lishimiz, barchamiz birga turishimiz hamda vaziyatni tuzatishga va rivojlanishga intilishimiz kerak. Qo'shish zarur. Bu bizning sharoitimiz. Bu bizning realligimiz. Bu yerda aytadigan gap, bunday holatni oqlaydigan sabab yo'q. Biz kelganimizda bu vaziyatdan xabardor edik. Va ha, bu shunchaki vaqt masalasi.
O'ylashimcha, bu bugungi kun uchun yaxshi saboq, chunki o'yinni juda yaxshi boshladik. Birinchi golni o'tkazib yuborgunimizcha - dastlabki 17 yoki qariyb 20 daqiqa davomida "Brentford"dan ancha yaxshi ko'rindik, deb hisoblayman. Jamoa o'yinni haqiqatan ham nazorat qildi. Juda yaxshi o'ynadik. Pressing tashkillashtirilishi yaxshi edi, deb o'ylayman. Ammo gol o'tkazib yuborganimizda muammo yuzaga keldi. Va gap ushbu ishonch va xotirjamlikni shakllantirish haqida ketmoqda, buni ko'ra olamizmi-yo'qmi, biroq xuddi shunday o'ynashda davom etishimiz kerak. Bu tabiiy hol, chunki bu vaziyat hissiy sohaga - psixologiyaga ta’sir qiladi", - deya Pochettinoning so'zlarini keltiradi Sky Sports.



