

"Klubning asosi quladi. Xo'p, Amorimning bo'shatish mumkindir, lekin o'rniga kim keladi? Hech kim biror nom ayta olmaydi.
Agarda kuchga to'la ser Aleksni olib kelsangiz ham barchasi birdaniga o'nglanib kyetmaydi, bu ham vaqtni oladi. Pep va Klopp ham jamoani o'ziga keltira olmasa kerak", - dedi mankunianliklarning sobiq futbolchisi.
MYU ushbu mavsum APLda 6 o'yinda 2 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.



