Neto "Barselona"dan "Flamengo"ga o'tishi mumkin. Braziliya klubi posbon bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
1 yanv 2021
Darvozabon Neto "Barselona"dan ketishi mumkin.

Darvozabon oldinroq bir necha bor Kataloniya klubidan uni boshqa jamoaga qo'yib yuborishni so'radi, sababi u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Shu sabab darvozabon qishda yoki yaqin yozda "Barselona"dan ketishi va Braziliyaga qaytishi mumkin.

Kuni kecha "Flamengo" Neto bilan muzokara o'tkazdi.

Darvozabon joriy mavsum La Liga doirasidagi 2ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport