Nematillo Quttiboev: "Gol urganimizda o'yin biz uchun engilroq o'tgan bo'lardi"

Administrator
26 iyun 2024
Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Aral" - "Xorazm" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Xorazm" va "Aral" o'rtasidagi o'yinlar "Turon" derbisi maqomini olgan. Derbiga xos qiyin o'yin bo'ldi. Gol ura olmadik, agar gol urganimizda uchrashuv biz uchun engilroq o'tgan bo'lardi.

- Bugungi o'yinda gol kiritildi, biroq hisobga olinmadi. Shu haqida fikringiz?

- Hozir bu haqida fikr bildirish qiyin. Vaziyat video takrorini ko'rib chiqib, biron xulosa berish mumkin.

- Mehmonlar "Xorazm" klubi namoyish etgan o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Raqib jamoa haqida fikr bildirish to'g'ri emas, ularning o'z murabbiylari bor.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia