Pro ligada ishtirok etadigan Qoraqalpog'istonning ikki jamoasi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2026, 22:49
O'zbekiston Pro ligasining yangi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan Qoraqalpog'istonning ikki jamoasi – "QMU Jayxun" hamda "Aral" klublari o'zaro nazorat bahsida kuch sinashishdi.

Uchrashuvda "Aral" jamoasi vakillari faollik ko'rsatib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. G'olib jamoa safida gollarni Azizbek Baxramov va Maxset Kalbaev kiritdi.

Mazkur jamoalar joriy yilgi Pro liga bahslarida ishtirok etishadi. Qur'a natijalariga ko'ra, 1–turda jamoalarni quyidagi raqiblar kutmoqda:

5–aprel: "Aral" – "Respublika FA"

6–aprel: "QMU Jayxun" – "Kattaqo'rg'on"


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia