Azamat Allaniyozov: "Aral"ning maqsadi - chempionlik, mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz"

Iskandarov Abdulaziz
3 mar 2026
Pro liga jamoalarining taraddudi ayni qizg'in pallada.

Klublar bugun bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimidan so'ng raqiblarini ham bilib olishdi. "Aral" 1-turda o'z maydonida "Respublika FA" bilan o'ynaydi."Aral" bosh direktori Azamat Allaniyozov qur'a va maqsadlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, O'zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabriklayman. Qur'a haqida fikr bildiradigan bo'lsam, yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Qur'a yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Pro ligada jamoalar soni ko'paygani barcha muxlislarni xursand qildi. Chempionat qizg'in va jangovar bo'lishi aniq. "Aral"ning maqsadi chempionlik va to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish",- deydi Azamat Allaniyozov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia