Rasman: "Olimpik" sobiq futbolchisi "Aral" tarkibiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
9 mar 2026
Hujumkor yarim himoyachi Farruh Muxtorov faoliyatini Pro ligada davom ettiradi.

O'tgan mavsum "Sho'rtan" sharafini himoya qilgan Farruh Muxtorov endilikda "Aral" jamoasida to'p tepadi. Bu haqda Nukus klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Muxtorov faoliyati mobaynida "Bunyodkor farm", "Olimpik", "Lokomotiv" jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, u O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 6 o'yinda maydonga tushgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Арал" матбуот хизмати