

"OKMKni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bizga OKMKga qarshi o'ynash qiziq edi. Yigitlarning kuchini Superliga klubiga qarshi o'yinda ko'rib oldik. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynay olmadik. Tanaffusdan keyin esa biz yaxshiroq o'ynadik", - deya gap boshladi Nematillo Quttiboev.
- "Aral" dastlabki ikki o'yinda mag'lub bo'lib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yo'qotgandi. Lekin shunga qaramay jamoangiz bugun ancha kuchli ishtiyoq bilan o'ynadi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Tanaffusda kiyinish xonasidagi gaplar sabab bo'ldi(kuladi). Boshqa nima ham bo'lar edi. Rostini aytsam, dastlabki ikki o'yinda ko'proq rotaciya qildik. Bugun esa Pro Ligada o'ynaydigan tarkibimiz maydonga tushdi.
- Dastlabki turlarda rotaciya qilingani jamoa o'z oldiga Kubokda maqsad qo'ymaganidan dalolatmi?
- Bir narsani tushuning, har 3-4 kunda o'ynayapmiz. 7ta futbolchimiz jarohat olgan, hozir tarkibimizda 12ta futbolchi bor. Shuning uchun ayrim yigitlarga dam berdik. Guruhdan chiqish maqsadimiz bor edi, ammo vaziyat shuni taqozo etdi.



