

“Guruhdan chiqish uchun biz Shveytsariyaga ham Braziliyaga qarshi ham qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Biz harakat qilgan bo'lsakda, hammasi yanada qiyinroq ekanligi oydinlashdi. Braziliya termasi safida ko'plab yaxshi o'yinchilar bor va ular juda ajoyib harakat qildi. Ularning ko'plab o'yinchilari kuchli chempionatlarda to'p suradi. Umuman olganda esa Braziliya musobaqa g'olibligiga asosiy da'vogarlardan biri. Raqib mahorat bobida bizdan ustun edi, bizga esa aynan mahorat yetishmadi”,-dedi Matich.



