"Nasaf" 2025 yil Elit OCHLda debyut qiladi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2024, 18:51
Qarshining "Nasaf" klubi Superliganing 23-turida "Lokomotiv"ni safarda 1:0 hisobida mag'lub etib, muddatidan avval chempionlikka erishdi.

Shu tariqa, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi 2025/2026 yilgi Elit Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqishdi. Takidlash lozimki, G'arb mintaqasida yo'llanmaga ega chiqqan dastlabki klubga aylandi. 

Sharq mintaqasida Koreya Respublikasi chempioni "Ulsan XD" klubi ham keyingi mavsum Elit OCHLda ishtirok etishi aniq bo'lgan. 

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" o'tgan yil O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgani uchun bu mavsum OCHL2 musobaqasi guruh bosqichida o'ynamoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia