"Napoli" Ndombelening ijarasi uchun "Tottenxem"ga 1 mln evro to'laydi va xavbekni 30 mln evroga sotib olishi mumkin bo'ladi

Alisher
16 avg 2022
"Tottenxem" o'yinchisi Tangi Ndombelening "Napoli"ga o'tish shartlari ma'lum bo'ldi.

Italiya klubi xavbekni xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi. Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, klublar bitimning moliyaviy shartlari bo'yicha kelishishga yaqinlar: neapolliklar ijara uchun 1 mln evro to'lashadi, to'laqonli transfer esa 30 mln evroga tushadi.

"Tottenxem" Ndombeleni 2019 yilning yozida "Lion"dan 60+10 mln evroga xarid qilgan edi.

Francuz o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Lion"da ijarada o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com