

"Men Kamavingaga: bor va bo'sh hududga hujum qil, dedim. "Barselona"ga qarshi o'yinda hujumchilarga hujum qilish va umuman bo'sh hudud topish juda murakkab, yagona echim - buni yarim himoyachilar yordamida amalga oshirishdir. Buni hujumchilar qilganida, "Barselona" himoyasi bunga tayyor va shunga moslashgan bo'ladi va hujumchilar, masalan, ofsaydda qolib ketishadi yoki o'tkir uzatmani Joan Garsiya egallab oladi. Mening qarorim - ushbu chiziqni yorib o'tish uchun Kamavinga va Bellingem kabi yarim himoyachilardan foydalanish edi va bu o'z samarasini berdi", - deydi Mourinyoning so'zlarini jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.



