MYUning yana bir futbolchi faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin

Khoja
11 sen 2025
"Manchester Yunayted" futbolchisi Tirell Malasia faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli himoyachiga "Eyupspor" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Turkiya jamoasi himoyachini sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Ma'lumot uchun, Malasia 2022 yildan beri MYU sharafini himoya qilib keladi. U shu vaqt ichida jami 47 ta bahsda "qizil iblislar" libosida maydonga tushgan.


KhojaMuallif
Manba: skysport