MYU yaqin orada yangi bazasini ochadi. Unda sartaroshxona ham bo'ladi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2025
"Manchester Yunayted" kelasi oy yangi mashg'ulot bazasini ochishi kutilmoqda.

Bu haqda "The Times" xabar berdi.

Baza sartaroshxona va turli dam olish joylari kabi bazi nofutbol inshootlarini ichiga oladi.

Qayd etilishicha, bu jamoa o'yinini yaxshilashga yordam berishi kerak.

G'oya futbolchilarni uyga shoshilmasdan, mashg'ulot maydonida uzoqroq qolishga undashdir. Bundan tashqari, yuqori toifadagi oshxona ham bo'ladi.

"Iblislar"ning yangi qarorgohi narxi 50 million funt (58 million evro)ni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times