Morata o'zining eng yaxshi golli seriyasini takrorladi

Madridning "Atletiko"si La Liga 12-turida "Sevilya"(1:1) klubi bilan durang o'ynagani haqida habar qilgandik.

"Matraschilar" safida Alvaro Morata to'p kiritdi. Bu bilan Morata ketma-ket to'rtinchi uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

Shu tariqa 27 yoshli ispaniyalik hujumchi faoliyatidagi eng yaxshi natijani takrorladi. Morata 2016 yilning oktyabr oyida Madridning "Real" klubi safida ham ketma-ket 4 uchrashuvda gol kiritishni uddalagandi.


Manba: championat.asia