

Bu haqda "Marca" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchilar 3 kun o'rniga 2 kun dam oladi. Xabarlarga ko'ra, murabbiy buni mavsumning so'nggi qismidan oldin ish intensivligini oshirish istagi bilan oqlagan.
Milliy terma jamoalariga chaqirilmagan futbolchilar orasida Andriy Lunin, Trent Aleksander-Arnold, Dani Karvaxal, Alvaro Karreras, Fran Garsiya, Raul Asensio va Eder Militao bor.
"Real" 29 o'yindan so'n Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 69 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi. Ular chempionat yakuniga 9 tur qolganida "Barselona"dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Madridliklar YCHL 1/4 finalida "Bavariya" bilan to'qnash keladi.



