

"Bu mening jamoam naqadar fantastik ekanidan dalolat beradi. Qo'l ostingizda o'z ishiga sodiq eng yaxshi futbolchilar bo'lsa, hammasi ancha osonlashadi. Ular kerak paytda chidashni va haqiqiy jamoa bo'lishni biladilar", - dedi Arbeloa.
Shuningdek, murabbiy "Santyago Bernabeu" stadionidagi muhitni ham alohida ta'kidlab o'tdi: "Bernabeu" bizni borgan sari ko'proq qo'llab-quvvatlayotganidan xursandman. Muxlislar bosim o'tkazishni boshlasa, maydon go'yoki biz tomonga og'ib qolgandek tuyuladi".
Arbeloa o'z futbolchilarini ahil oila bo'lishga va do'stlik kuchini ko'rsatishga chaqirdi, chunki g'alaba qozonishda eng muhimi shu ekanini aytgan.



