

“O'yin qiyin kechdi, ammo YCHLdagi har bir o'yin shunday bo'lishi mumkin. Biroz omadimiz keldi, boisi yakunda g'alabani ilib keta oldik. Bu xuddi 20 yil oldingi o'yinga o'xshadi. Raqib haddan ortiq himoyaviy o'yin namoyish etdi. YCHLda har bir o'yin hal qiluvchi rolga ega. Bu erdagi har bir jamoa hujum ham qila oladi, himoyalana ham oladi. Har bir jamoa xavf tug'dirishi mumkin, shunday ekan g'alaba qozona olganimizdan xursandmiz. Endi esa “Barselona”dan peshqadamlikni tortib olishga harakat qilamiz”, - deydi Morata.



