Morata: "Chelsi" uchun eng muhimi - birinchi o'rin, shunday ekan ishlashimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2017
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata APLning 4-tur uchrashuvida "Lester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik uchrashuvda hisobni ochib, Angliya chempionatidagi o'zining uchinchi golini urdi.

"Bu juda muhim g'alaba. "Lester" kabi raqiblar bilan bahsda doimo qiyin bo'ladi va 2:0 hisobida yutayotib buni his qildik. Ular farqni qisqartira olishdi.

Ayni damda o'zimni juda yaxshi his qilyapman, biroq hozircha turnir jadvalining cho'qqisida emasmiz, biz uchun eng muhimi - birinchi o'rin, shunday ekan ishlashimiz kerak" - deydi Morata.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com