"Monako" Fati uchun 11 million evro to'laydi

6 iyun 2026, 11:55
"Monako" va "Barselona" Ansu Fati transferi bo'yicha barcha rasmiyatchiliklarni yakunladi, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, monegasklar 23 yoshli ispaniyalik uchun 11 million evro to'laydi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.

Fati 2025/26 yilgi mavsumda "Monako"da ijara asosida o'ynadi. U barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano