

Avvalroq bitim summasi 11 million evroni tashkil etgani xabar qilingandi. "Barselona" va "Monako" Ansu Fatining to'liq transferi bo'yicha kelishuvga erishdi", - deya ma'lum qildi kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati. O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi "Monako"da ijara asosida o'ynagan. U Liga 1da 25 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. "O'tgan yoz "Barselona"dan ijara asosida knyazlik klubiga o'tgan ispaniyalik hujumchi endi rasman "Monako" futbolchisiga aylandi. Tomonlar to'rt mavsumga - 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladilar. Xush kelibsan, Ansu!" - deyiladi "Monako" bayonotida.


