"Monako" Fatini "Barselona"dan to'liq sotib olishga qaror qildi. Transfer summasi ma'lum

Administrator
6 may 2026, 21:45
"Monako" Fatini "Barselona"dan sotib oladi.

Ansu Fati faoliyatini "Monako"da doimiy asosda davom ettiradi. 23 yoshli vinger "Monako" safida "Barselona"dan ijara asosida to'p surmoqda. Fabricio Romanoning xabar berishicha, Liga 1 klubi futbolchini 11 million evroga sotib olish bandini faollashtirishga qaror qilgan. "Monako" endi futbolchining o'zi bilan kelishib olishi kerak.

Kataloniyaliklar Ansuni qayta sotishdan tushgan mablag'ning ma'lum foizini olishlari mumkin.

Fati joriy mavsum Liga 1 da 10 ta gol bilan "Monako"ning ikkinchi to'purari bo'lib turibdi. Undan faqat Folarin Balogun ko'proq - 13 ta gol urgan.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/fabrizioromano