Modrich "Real"dagi 400ta o'yin haqida: "Boshidan barchasi ajoyib. Bu erda o'ynash orzumni amalga oshirdim"

Alisher
26 okt 2021
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich uchun "Barselona"ga qarshi La Liga 10-tur doirasidagi o'yin Madrid klubidagi 400-si bo'ldi.

"Bu ajoyib natija, bundan g'ururlanaman va juda ham mamnunman. Yana ko'plab o'yinlar o'tkazishga umid qilaman - ko'ramiz, yana qancha o'ynar ekanman.

Menda boshidan "Real"da barchasi ajoyib ketmoqda. Hozirga erishgan yutuqlarimga erisha olaman deb hech ham o'ylamagan edim.

"Real"da o'ynashdek orzuimni amalga oshirdim", - deydi Modrich.

Xorvatiyalik futbolchi 2012/13 yilgi mavsumdan beri "Real"da o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid