

"Biz bugun Argentinadan yaxshiroq o'ynadik, ammo futbol adolatsiz. FIFA 'feyr-pley'ni targ'ib qilsa ham, sodir bo'lgan voqealar adolatdan emasdi. Hakam ko'rinarli sababsiz golni hisobga olmadi. Hisob 3:1 bo'lishi mumkin edi, biroq Argentina keyinchalik hisobni tenglashtirdi. Bu yerda tijoriy manfaatlar ta’sir qilishi mumkin: 'biz Messining chiqib ketishini istamaymiz, biz jahon chempionining turnirda qolishini xohlaymiz'.
Men futbolchilarga rahmat aytaman, ular talab qilingan ishni bajarishdi, lekin ko'pincha biz kerakli ishni qilsak ham, taqdirimizni boshqa omillar hal qiladi. Kechirasiz, muxlislarga imkon qadar uzoqroqqa borib, ko'proq quvonch bag'ishlashni istardim, lekin barcha futbolchilarimdan faxrlanaman: biz a'lo darajani ko'rsatdik va Misr, arab hamda Afrika futbolini biz bilan faxrlanishga majbur qildik. Men mag'lub bo'lishni yomon ko'raman, ammo bu mag'lubiyat adolatsiz. Futbolda texnik jihatlarni yo'qqa chiqaradigan tashqi omillar bor.
Bizga qarshi jahon chempionlari o'ynadi, ular shubhasiz marketing qo'llab-quvvatlovidan foyda ko'rishdi, lekin bizning o'z uslubimiz bor. Men futbolchilardan va ular ko'rsatgan o'yindan mamnunman, biroq natijaga tashqi omillar ta’sir qildi. Ha, xatolarga yo'l qo'ydik, lekin eng muhimi – biz bu o'yinda munosib bo'lgan natijani olmadik.
Mening ambiciyalarim shu yerda tugamaydi. Bugun raqiblarimiz uchun o'yin o'ta qiyin kechdi va men natijaga boshqa omillar ta’sir qilganini takidlayman. Ayniqsa, bizning terma jamoamiz asosan milliy liga futbolchilaridan iborat ekanini hisobga olsak, ularning say-harakatlaridan juda mamnunman. Biz adolat qaror topishiga umid qilamiz. Belgiyaga qarshi birinchi o'yinda ham bizga nisbatan adolatsiz qarorlar qabul qilingandi, bugun esa yana fatal xatolar qurboni bo'ldik. Muxlislarimizga aytaman: faxrlaning, sizning hech bir raqibdan qo'rqmaydigan jamoangiz bor", – dedi Hassan beIN Sports efirida.



