"Tottenxem" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqish bildirdi

6 iyul 2026, 18:55
"Manchester Siti" va Misr terma jamoasi hujumchisi Omar Marmush "Tottenxem Xotspur" klubining qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

London klubi hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha yozgi kampaniya doirasida ushbu futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Caught Offside.

"Manchester Siti" Marmushning transfer qiymatini taxminan 60 million evroga baholamoqda. Egipetlik forvardga "Tottenxem"dan tashqari Turinning "Yuventus", Istanbulning "Galatasaray" klublari hamda Germaniya Bundesligasining bir nechta jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Omar Marmush barcha turnirlarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, sakkizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Caught Offside